Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, samarali ilmiy-amaliy faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sanʼatshunoslik institutining yetakchi olimi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, mehribon ustoz, yetuk musiqashunos Oqilxon Ibragimov Аkbarovich “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.