Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“Ansambl ijrochiligi: tarix, nazariya, amaliyot” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-nazariy seminar o'tkazildi

 Seminar mavzui

O‘zR FA San’atshunoslik institutida 2021 yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlangan “Ansambl ijrochiligi: tarix, nazariya, amaliyot” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-nazariy seminar onlayn tarzda o‘tkazildi. Mazkur tadbirda ITM ilmiy xodimlari, OTM professor-o‘qituvchilari hamda doktorant (PhD, DSc), magistr va bakalavrlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida 32 ta, shu jumladan, 6 ta xorijiy davlat (AQSh, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston) qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalarda ansambl ijrochiligi har tomonlama, xususan, uning tarixiy ildizlari, zamonaviy rivojlanish tamoyillari va kelajak istiqbollari, O‘zbekiston va xorijiy kompozitorlari ijodida tutgan o‘rni, ansambl uchun yaratilgan asarlarning ijro talqinlari, ularni keng tinglovchilar orasida targ‘ib qilish kabi dolzarb masalalar keng mubohasa qilindi.

 

PhD Derya Agja маърузаси (Туркия, Атилим университети ўқитувчиси)

 

S.f.n. (PhD), k.i.x. Zulfiya Muradova ma’ruzasi (O‘zR FA San’atshunoslik instituti Musiqa bo‘limi mudiri)

  

Salohiddin Azizboev ma’ruzasi (Yunus Rajabiy nom. Milliy musiqa san’ati instituti kafedra professori)

  

Seminar ishtirokchilari.

Ilmiy anjumanning yakuniy muhokama qismida eng qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar qayd etildi. Seminar ishtirokchilari ansambl ijrochiligini jadal rivojlantirish muammosi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarni bildirdilar. Asosiy xulosa shundan iborat bo‘ldi-ki, bunday uchrashuvlar ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birgalikda ilm-fan va ta’lim integratsiyasi jarayoni uchun ko‘mak, yosh olim va ijrochilarning tajribasini oshirishga keng imqoniyatlar yaratadi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan anjuman tashkilotchilari (O‘zR FA SI Musiqa bo‘limi mudiri, s.f.n. (PhD), k.i.x. Z.A. Muradova, O‘zDK Maxsus fortepiano kafedrasi professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist A.R. Sharipova) va moderatorlari (O‘zR FA SI Musiqa bo‘limi katta ilmiy xodimi v.b., s.f.f.d. (PhD) V.M. Zakirova, O‘zDK Maxsus fortepiano kafedrasi o‘qituvchisi, doktorant (PhD) D.R. Islyamova)ning faoliyati yuksak baholandi.

Seminar yakunida barcha ma’ruzachilar elektron sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Seminar materiallari dastlabki saralashdan so‘ng elektron to‘plam tarzida nashr etilishi rejalashtirilgan.


×